Qizlarning qizg‘in musobaqasi
Jamiyatning ham, oilaning, mehnat korxonasining ham o‘z tartib-tizginlari bo‘ladi. Unga amal qilish insonning axloqiy munosabatlari, etik - estetik me’yorlarga rioya etishi bilan belgilanadi. Shunday ekan, orastalik qalb go‘zalligi, ko‘ngil obodligiga borib bog‘lanadi.
14 sentyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakultetining “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasiga biriktirilgan 3- TTJ ning 2 - qavatidagi talaba qizlar o‘rtasida «Qizlarning shaxsiy pokizaligi va TTJ ning ichki tartib qoidalari» to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Talaba qizlar qiziqishlariga binoan qavatlar o‘rtasida musobaqa tashkil etilishini taklif qilishdi. Aynan tozalik bo‘yicha turli xil tadbirlar tashkil etilishi to‘g‘risida har bir xona o‘zining dasturini ishlab chiqishdi. Yoshlar bilan yanada yaqindan hamsuhbat bo‘lib turish biz pedagoglarning zimmasidagi eng muhim vazifalardan biridir!
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov